Asosiy kontentga o'tish
Keyingi guruh: 15-oktyabr · o'rni band qiling

Mutlaqo boshlang'ich

AI Asoslari

Prompt-injiniring va AI vositalarini noldan o'rganing. 4 haftalik mustaqil onlayn kurs. ChatGPT, Claude va Gemini orqali kundalik ishingiz va kontent tayyorlashni sezilarli tezlashtirasiz.

Mutlaqo boshlang'ich 4 hafta (mustaqil) Keyingi guruh: 15-oktyabr

Narx belgilanmagan

Bo'lib to'lash: Bo'lib to'lash tez orada

Narxga nima kiradi?

  • Mustaqil video darslar va amaliy topshiriqlar
  • Telegram bot orqali uy vazifalari tekshiruvi
  • Mentordan shaxsiy fikr-mulohaza
  • Bitiruv sertifikati
  • 7 kunlik 100% pul qaytarish kafolati

To'lov oynasi «Kabinet → To'lovlar» bo'limida ochiladi — avval hisobingizga kiring.

Telegram orqali maslahat

To'lov: Payme · Click · bo'lib to'lash

Click va Payme orqali xavfsiz to'lov

Kurs oxirida qo'lingizda bo'ladi

  • AI ga aniq topshiriq berish (prompt-injiniring) asoslarini o'zlashtirasiz
  • Matn, tarjima va hisobotlarni bir necha baravar tez tayyorlaysiz
  • Rasm va taqdimotlar uchun AI vositalardan foydalana olasiz
  • Kundalik ish jarayoningizga AI odatini kiritasiz

Kim uchun

Bu kurs sizga mos, agar...

  • Ofis xodimlari — hujjat va hisobotlarni tezlashtirmoqchilar
  • O'qituvchilar va SMM mutaxassislari — kontentni oson tayyorlamoqchilar
  • Hali kodga kirmasdan AI dan foyda olmoqchilar

Halol ogohlantirish

Kimga mos emas

  • Tayyor ilova yoki bot qurmoqchilar — bu maqsad uchun Vibe Coding Express mos
  • Jonli mentorlik va guruh muhitini xohlovchilar — bu kurs mustaqil formatda
  • Chuqur dasturlash o'rganmoqchilar — bu kurs vositalar va ko'nikmalarga qaratilgan

Narx

Kurs tariflari

Tariflar

Bu kurs uchun tarif narxlari hali kiritilmagan. Savol bering — Telegram orqali yozing, biz joriy narxni xabberamiz.

Bosqichma-bosqich reja

Haftalik yo'l xaritasi

Har hafta — bitta ishlaydigan natija. Yo'l skroll bilan chiziladi.

Reja qog'ozda qolmaydi: har yakshanba qo'lingizda ko'rinadigan natija bo'ladi.

  1. 1-hafta

    AI turlari va to'g'ri topshiriq

    Har qanday vazifani AI ga aniq tushuntirasiz

    Amaliy natija: Shaxsiy prompt to'plami

  2. 2-hafta

    Matn va kontent yaratish

    Maqola, post va hujjatlarni tez yozasiz

    Amaliy natija: 10 ta tayyor kontent

  3. 3-hafta

    Media va hujjat tahlili

    Rasm, PDF va jadvallar bilan ishlaysiz

    Amaliy natija: Tahliliy hisobot

  4. 4-hafta

    Ish unumdorligi tizimi

    Kundalik ish oqimingizga AI ni ulaysiz

    Amaliy natija: Shaxsiy AI ish rejasi

Real loyihalar

Shu metod bilan qurilgan ishlar

Tekshirilgan jonli loyiha

Clash Nexus

Clash of Clans muxlislari uchun klan qidiruv, reyting va o'zbek tilidagi jamoa vositalari.

clash-nexus.vercel.app

Mentor

Kimdan o'rganasiz?

M

Mirzo

Mentor, vibe-coder. Har bir vazifangizni shaxsan tekshiradi va yo'nalish beradi.

Qaysi yo'l sizga to'g'ri keladi?

Naqshli, an'anaviy bootcamp va YouTube solishtiruvi
MezonNaqshliAn'anaviy bootcampYouTube
O'quv tiliTo'liq o'zbek tilidaKo'pincha rus/inglizTarqoq tillarda
AmaliyotHar darsda o'z loyihangizDars oxirida loyihaFaqat kuzatish
Mentor yordamiShaxsiy tekshiruvGuruhli javoblarYo'q
NarxBitta to'lov, bo'lib to'lash borBir necha baravar qimmatBepul, lekin tizimsiz
NatijaJonli mahsulot + sertifikatSertifikatKafolat yo'q

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

Bu kursda kod yoziladimi?

Yo'q. Bu kurs AI vositalaridan foydalanishga qaratilgan: yozish, tahlil va kontent. Kod yozib mahsulot qurish uchun Vibe Coding Express mavjud.

Qanday qurilmalarda o'qisa bo'ladi?

Telefon, planshet yoki kompyuter — barcha darslar brauzerda ochiladi, qo'shimcha dastur shart emas.

Keyin Vibe Coding Express ga o'tsam bo'ladimi?

Ha. AI Asoslarini bitirganlar Vibe Coding Express da ancha tez natija ko'rsatadi, chunki prompt asoslari allaqachon mustahkam bo'ladi.

Pul qaytarish kafolati bormi?

7 kunlik 100% pul qaytarish kafolati. Batafsil shartlar “Pul qaytarish” sahifasida yozilgan.

Keyingi qadam

Hali ikkilanayapsizmi?

Avval 2 daqiqalik diagnostikadan o'ting yoki bepul darsni ko'ring — keyin qaror qiling.

AI Asoslari

Narx belgilanmagan